Timur Khikmatullaev
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va diplomatik hamkorlik departamenti boshlig‘i
«O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ
Davlat muassasalari va xalqaro dasturlarda xalqaro munosabatlar, investitsiya loyihalari va tashkiliy rivojlanish sohasida tajribaga ega. Jahon banki, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va AQShning Toshkentdagi elchixonasida muvofiqlashtirish, loyihalarni boshqarish va tashqi hamkorlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlagan. «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJda — 2024-yil dekabr oyidan. Boshqaruv raisining maxsus vakili va ilmiy-texnik rivojlanish yo‘nalishi rahbari sifatida sheriklik, akademik hamkorlik va tarmoq assotsiatsiyalariga integratsiya bilan shug‘ullangan. 2026-yil mart oyidan boshlab Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va diplomatik hamkorlik departamentiga boshchilik qiladi. Menejment sohasida MBA va PhD darajalariga ega, o‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi.
