Timur Saliev
Tog‘-kon va geologik ishlarning istiqbolli yo‘nalishlari loyihasini amalga oshirish xizmati boshlig‘i
«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ
Kon-geologiya axborot texnologiyalari va kon ishlab chiqarishini raqamlashtirish sohasidagi ekspert. 2008-yildan beri sohada. «Mineral resurslar instituti» DKning Geoaxborot texnologiyalari markazi, «Toshkentgeologiya» DUKning Geoaxborot texnologiyalari va texnik-iqtisodiy asoslash bo‘limi hamda tajriba-uslubiy geologiya-qidiruv partiyasiga rahbarlik qilgan. 2020-yildan buyon «Olmaliq KMK» AJda kon-geologiya axborot tizimlarini (GGIS) joriy etishga rahbarlik qiladi, ularni joriy etish bo‘yicha korporativ konsepsiyaning asosiy mualliflaridan biri. Ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish hamda geologik va laboratoriya ma’lumotlarini boshqarish tizimlari (GDMS, LIMS), MAS tizimlari va kon-transport majmuasini avtomatlashtirilgan boshqarish va dispetcherlik tizimi (FMS) integratsiyasini uslubiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. Geologik modellashtirish, resurslar va zaxiralarni baholash, konditsiyalar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va konlarni rejalashtirish bo‘yicha tajribaga ega. Ruda sifatini raqamli nazorat qilishni rivojlantiradi. Ilmiy nashrlar va kitoblar muallifi va hammuallifi, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi.
“MINING 5.0 – Avtonom qazib olish va boshqarish tizimlari”
Sessiya homiysi
27 oktabr, Seshanba
14:00 - 15:00
O’zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston