Yangiliklar
Micromine Momentum 2027 tog‘-kon ishlab chiqarishining barcha bosqichlarida yechimlarni birlashtirishga yordam beradi

Pert, Avstraliya, 2026-yil 12-noyabr
Tog‘-kon sanoati uchun yangi avlod texnologiyalarini ishlab chiquvchi Micromine kompaniyasi Momentum 2027 — dunyo bo‘ylab tog‘-kon korxonalariga oldingi ish bosqichlari natijalaridan keyingi qarorlarni qabul qilishda foydalanishga yordam beradigan innovatsiyalar va takomillashtirishlarni o‘z ichiga olgan yangi relizni taqdim etadi.
Tog‘-kon ishlari murakkablashib borar ekan, qabul qilinayotgan qarorlar sifati va to‘plangan bilimlardan keyingi bosqichlarda foydalanish imkoniyati tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Momentum 2027 Micromine kompaniyasining tog‘-kon korxonasi uchun yagona raqamli ekotizim yaratishga qaratilgan konsepsiyasini rivojlantiradi.
Yangi reliz yechimlari geologiya-qidiruv va rejalashtirishdan tortib ishlab chiqarishgacha bo‘lgan butun jarayonda ma’lumotlar konteksti va uzviyligini saqlashga yordam beradi.
Micromine ekotizimining barcha mahsulotlarida sun’iy intellekt bevosita ish jarayonlariga integratsiya qilinib, takroriy amallar hajmini qisqartirish, ma’lumotlarga kirishni soddalashtirish va qaror qabul qilishda ishonchni oshirishga yordam beradi. Mijozlarning fikr-mulohazalari asosida ishlab chiqilgan amaliy takomillashtirishlar bilan birga ushbu reliz texnologiyalar tog‘-kon ishlab chiqarishining barcha bosqichlarida qaror qabul qiluvchi mutaxassislarni qanday qilib samaraliroq qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini ko‘rsatadi.
«Ushbu zanjirning har bir bosqichida qarorlar o‘zaro bog‘liq. Geologiya-qidiruv natijalari geologik modelni shakllantiradi, u esa keyinchalik konni loyihalash va kalendar rejasini tuzish uchun asos bo‘ladi. Ishlab chiqarish faoliyati davomida keyingi qarorlar uchun asos bo‘luvchi yangi ma’lumotlar paydo bo‘ladi», — deydi Weir kompaniyasining Software Solutions bo‘limi prezidenti Kristen Uolsh.
«Tog‘-kon korxonalariga ham chuqur texnik imkoniyatlar, ham jamoalar o‘rtasida yaqinroq hamkorlik zarur. Biz aynan shu bog‘liqlikni ta’minlashga intilamiz. Buning uchun bir vaqtning o‘zida ikki vazifani hal qilmoqdamiz: mahsulotlarimizning texnik imkoniyatlarini rivojlantirmoqdamiz hamda umumiy Micromine Nexus bulutli platformamiz yordamida butun yechimlar qatori doirasida ma’lumotlar, vositalar va mutaxassislarni birlashtirmoqdamiz», — deya davom etadi Kristen.
Weir kompaniyasining tog‘-kon sanoatidagi global tajribasi va bozor ehtiyojlarini chuqur tushunishiga tayangan holda Momentum 2027 tog‘-kon korxonasining yagona raqamli ekotizimiga oid kengroq qarashni aks ettiradi. MOTION METRICS™ va Fast2Mine kabi texnologiyalar bilan birgalikda Micromine butun soha miqyosida yechimlarni integratsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Geologiya-qidiruv va geologiya
Micromine Geobank va Micromine Origin yangilanishlari geologik ma’lumotlar bilan ishlashning butun jarayonini — ularni yig‘ishdan tortib qaror qabul qilishgacha takomillashtiradi. Yangi imkoniyatlar ma’lumotlar sifatini oshiradi, o‘zgarishlarni kuzatib borishni ta’minlaydi va natijalarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Takomillashtirilgan modellashtirish vositalari va sun’iy intellektga asoslangan yechimlar geologlarga qonuniyatlarni tezroq aniqlash va asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Loyihalash va rejalashtirish
Micromine Beyond, Alastri, Spry va Advance mahsulotlarida asosiy e’tibor muhandislarning ish jarayonlarini boshqarishga kamroq, rejalarni takomillashtirishga esa ko‘proq vaqt sarflashiga qaratilgan. Yangi avtomatlashtirish imkoniyatlari, sun’iy intellektga asoslangan vositalar va takomillashtirilgan kalendar rejalashtirish funksiyalari ish jarayonlari samaradorligini oshiradi, ssenariylarni baholashni tezlashtiradi hamda ochiq va yer osti tog‘-kon ishlari uchun yanada real rejalar tuzish imkonini beradi.
Ekspluatatsiya va ishlab chiqarish
Micromine Pitram yangilanishlari ishlab chiqarish ma’lumotlarini yig‘ishni soddalashtiradi va yer osti ishlarining shaffofligini oshiradi. Texnika kabinalarida qo‘llaniladigan qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashning kengaytirilishi va burg‘ilash ishlarini hisobga olishning yangi raqamli jarayonlari korxonalarga ko‘proq moslashuvchanlik beradi, qog‘oz hujjatlarga bog‘liqlikni kamaytiradi va bir smenadan boshqasiga o‘tishda ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi.
Ish jarayonlari va tahlil
Micromine Nexus tog‘-kon ishlab chiqarishining barcha bosqichlarida mutaxassislar va ma’lumotlarni birlashtirishda davom etmoqda. Yangi imkoniyatlar ma’lumotlarni boshqarishni takomillashtiradi, o‘zgarishlarni kuzatib borishni ta’minlaydi va birgalikdagi ishni soddalashtirib, jamoalarga umumiy ma’lumotlardan samaraliroq foydalanishga yordam beradi.
Kristenning fikricha, tog‘-kon sanoati uchun texnologiyalarning qiymati funksiyalar to‘plami bilan emas, balki mijozlar uchun erishilgan natijalar bilan belgilanishi kerak.
«Har qanday texnologiyani baholash mezoni oddiy: u odamlarga samaraliroq qarorlar qabul qilishga yordam beradimi?» — deydi Kristen.
«Momentum 2027 geologlar, muhandislar, rejalashtirish mutaxassislari va ishlab chiqarish jamoalariga ma’lumotlarni boshqarishga kamroq, o‘z kasbiy bilimlarini haqiqatan ham muhim bo‘lgan joyda qo‘llashga esa ko‘proq vaqt sarflashga yordam berish uchun mo‘ljallangan».
Micromine Momentum 2027 relizi Micromine kompaniyasining amaldagi mijozlari uchun allaqachon mavjud. Micromine mahsulotlar qatorining so‘nggi yangilanishlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Micromine Momentum 2027 saytiga tashrif buyuring.
Micromine kompaniyasi haqida
Weir tarkibiga kiruvchi Micromine — tog‘-kon sanoati uchun texnologiyalar sohasidagi jahon yetakchilaridan biri. Kompaniya tog‘-kon korxonalariga ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida samaradorlikni oshirishga yordam beradigan, mukofotlarga sazovor bo‘lgan dasturiy yechimlarni taklif etadi. Micromine yechimlari geologiya-qidiruv, ma’lumotlarni boshqarish, resurslarni baholash, tog‘-kon ishlarini loyihalash va rejalashtirish, shuningdek, operativ tahlilni qamrab oladi. Ular mutaxassislar, ma’lumotlar va ish jarayonlarini birlashtirib, yanada asosli qarorlar qabul qilish hamda yaxshiroq ishlab chiqarish va biznes natijalariga erishishga yordam beradi.
Weir kompaniyasining Software Solutions bo‘limi tarkibida MOTION METRICS™ va Fast2Mine bilan bir qatorda Micromine tog‘-kon korxonasining yagona raqamli ekotizimini yaratishga hissa qo‘shmoqda. Weirning global imkoniyatlari, sohani chuqur bilishi va innovatsiyalarga sodiqligidan foydalangan holda biz tog‘-kon sanoatining yanada texnologik, samarali va barqaror kelajagini shakllantirishga yordam beramiz.
Bugungi kunda Micromine yechimlari dunyo bo‘ylab minglab tog‘-kon loyihalari va korxonalarida qo‘llanilib, mutaxassislarga kundalik ishda ishonch bilan qaror qabul qilishga yordam bermoqda.
Batafsil: micromine.kz
OAV uchun aloqa: Mariya Danilova | mdanilova@micromine.com