Yangiliklar
O‘zbekiston har yili Tojikistondan 700 ming tonnagacha temir rudasi import qilishni rejalashtirmoqda, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida mamlakatning list prokati, navli metall prokati, quvur mahsulotlari va metall konstruksiyalarga bo‘lgan ehtiyoji uch baravar oshib, yiliga 5,5 million tonnaga yetgan.Mirziyoyev Tojikiston metallurgiya kombinati bilan temir rudasini har yili yetkazib berish bo‘yicha bitimni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirishni topshirdi.
Har yili 1 million tonnagacha po‘lat ishlab chiqarish imkonini beradigan «Tebinbuloq» konini o‘zlashtirish strategik loyiha bo‘ladi.
Manba