Matbuot relizlar
UIMF 2022`da tog‘-kon va metallurgiya sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollari

Konchilik va metallurgiya mahsulotlari butun sanoat ishlab chiqarishining ajralmas negizi bo‘lgan asosiy sohalardan biridir. Zamonaviy iqtisodiyotning barcha sohalari singari, O‘zbekistonda konchilik va metallurgiya ham hozirgi bosqichda texnik, texnologik, innovatsion va huquqiy jihatlarda o‘zgarmoqda. Bu sohalardagi faoliyatni tartibga soluvchi qonun hujjatlari qabul qilinmoqda, yangi uskunalar va texnologiyalar joriy etilmoqda, foydali qazilmalarni izlashda va qidirishda dronlardan foydalanish kabi innovatsiyalar va hokazolar joriy etilmoqda.
Sanoatning ushbu va boshqa ko‘plab masalalarini ko‘rib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ko‘magi ostida 2022-yil 2-3-noyabr kunlari 16-Xalqaro “Tog‘-konchilik ishi, metallurgiya va metallsozlik” ko‘rgazmasi doirasida O‘zekspomarkazning “Kongress zali”da bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi - UIMF 2022 kun tartibi bag‘ishlangan.
Forum to‘rtinchi marta sanoatning yetakchi kompaniyalari, obro‘li ekspertlar va davlat ixtisoslashgan idoralari vakillarini jamlamoqda. Ishtirokchilarning bunday tarkibi hozirgi voqelikda tog‘-metallurgiya sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari va istiqbollarini muhokama qilish, mavjud va prognoz qilinayotgan muammolarni hal qilish yo‘llarini belgilashga imkon beradi.
Bu yilning mavzusi: Geologiya va kon-metallurgiya sanoatining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari
Forum dasturi geologiya va kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari, yangi konlarni qidirish va rivojlantirish istiqbollari, kon-metallurgiya sanoatida ESG chaqiruvlari, uning raqamli rivojlanishi va ko‘plab boshqa masalalarni muhokama qilishni nazarda tutadi.
UIMF 2022'ning o‘ziga xos xususiyati bu Forumda ilk marotaba taqdim etiladigan e'tiborga sazovor ikkita sessiyadir:
- NKMK vakillari ishtirokida maxsus sessiya:
- NGMK sessiyasi: Keng miqyosli zamonaviylashtirish, transformasiyalar va yangi vazifalar
- Akademik Xabib Abdullaev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan maxsus xotira sessiyasi: Xabib Abdullaevning geologiya fanini rivojlantirishdagi o‘rni
Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Kanada, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Fransiya, O‘zbekiston kabi 11 davlatdan 46 nafar ma'ruzachilar va moderatorlar, 200dan ortiq delegatlar Forumda ishtirok etishlarini tasdiqladilar.
Debyutant kompaniyalar orasida: SGS Kazakhstan, Worley Parsons, TerraLink, “Dva Key” MChJ - Dassault Systems, Seequent, Geoscan, AGT Systems NA, Alvarez and Marsal Central Eurasia, INNIO Jenbacher, “Uranium Drillmine Technology” MChJ, ONS Frankfurt, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi.
Forumning ahamiyati O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari hamda OKMK va NKMK kabi sohaning flagmanlari ishtiroki bilan kuchaytirilgan. Forum ishtirokchilari mahalliy konchilar va metallurglarning so‘nggi ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishishlari, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yo‘llarini topishlari mumkin.
Rasmiy ko‘mak: O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi.
Homiylar va Hamkorlar:

Tashkilotchi: Congresses of Central Asia – CCA kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia.
UIMF – bu biznes hamjamiyatlari, davlat idoralari, xalqaro moliya tashkilotlari vakillari va soha ekspertlari o‘rtasida biznes aloqalarini o‘rnatish va fikr almashish uchun noyob ixtisoslashgan biznes platformasi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun CCA matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Тел: + (998 71) 237 15 54, E-mail: uimf@cca.uz, www.uimf.uz