O’ZBEKISTON XALQARO KON-METALLURGIYA FORUMI – UIMF 2025

28 - 29 oktabr 2025, O’zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Matbuot relizlar

UIMF 2024 hamkorlik va innovatsiyalar uchun eshiklarni ochmoqda


Zamonaviy dunyoda tog‘-kon sanoatining rivojlanishini barqaror rivojlanish uchun mintaqaviy va xalqaro hamkorliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Konlarni qidirish, razvedka qilish va o‘zlashtirish, shuningdek, mineral xomashyoni yanada samarali qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlari soha rivojining rag‘batlantiruvchi tendensiyalari bo‘lib xizmat qilmoqda, ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi va sifatini yaxshilaydi va yakuniy mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beradi.

6-Xalqaro O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi – UIMF 2024 - tog‘-kon sanoati va metallurgiyaning kelajakdagi landshaftini muhokama qilish va modellashtirish uchun mustahkam platforma bo‘lgan kon sanoatining yillik yirik biznes tadbiridir. Forum 2024-yil 22-23-oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKKning «Kongress Xoll» zalida 18 -Xalqaro "MiningMetals Uzbekistan 2024" ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi mavzu - Mintaqaviy va xalqaro kon-sanoat hamkorligi: taraqqiyotning muhim bosqichlari va trayektoriyalari.

6-Xalqaro O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi – UIMF 2024 dasturi dolzarb va ilg‘or mavzular, professional muhokamalar va muhim biznes uchrashuvlari bilan boydir. Asosiy mavzular qatoriga quyidagilar kiradi: xalqaro va mintaqaviy hamkorlik tamoyillari, muhim resurslar kun tartibi, kon sanoatidagi raqamli yechimlar, konlarni qidirish, razvedka qilish va o‘zlashtirish geotexnologiyasi, ESG kun tartibini qayta ishga tushirish, kon-metallurgiya korxonalarida xavfsizlikni ta’minlash, tejmkor texnologiyalar, shuningdek, ishlab chiqarish lokomotivlari – Olmaliq KMK va Navoiy KMKning maxsus panel sessiyalari rejalashtirilgan.

Forum an’anaviy ravishda Respublika Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ko‘magi ostida o‘tkaziladi.

Forumdagi ishtirokini 15 mamlakatdan 50 nafar spiker, moderator va 250 dan ortiq delegat tasdiqladi: Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Polsha, Rossiya, Fransiya, Xitoy, Shveytsariya, Shvetsiya, Yaponiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston.

Ilk marotaba forumning maydonlarida quyidagi kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar ishtirok etadi: «International Women in Mining (IWiM)» xalqaro uyushmasi, Jahon banki, Yevroosiyo taraqqiyot banki, Buyuk Britaniya elchixonasining savdo va investitsiyalar bo‘yicha direktori, Kareliya Respublikasi ma’muriyati, International Geoscience Services, JOGMEC, Montfort Eurasia, AVEVA, B1 Group, GEOVIA, Marubeni, First Quantum Minerals, Glencore, Telko va boshqalar.

Forum spikerlari orasida yetakchi xalqaro ekspertlar, kompaniyalar top-menejerlari hamda respublika va xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan vazirliklari va idoralari vakillari: Bobir Islomov - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri, Abdulla Abdukadirov - direktorning birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Lori Murxed - savdo va investitsiyalar bo‘yicha direktor, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Remi Pelon - tog‘-kon ishi bo‘yicha katta mutaxassis, Jahon banki, Artur Parfenchikov - Kareliya Respublikasi rahbari, Takeshi Xarada - Tadqiqot bo‘limi direktori, JOGMEC, Eshli Jonson - direktor, International Geoscience Services, Barbara Dishinger - direktor, «International Women in Mining (IWiM)» xalqaro uyushmasi, Eleonor Kramers - Montfort Eurasia rahbari, Igor Alekseev, hamkor, BCG va boshqalar bor.

UIMF 2024'ning birinchi kuni asosiy sessiyalarni taqdim etadi, ularning har biri sanoatning muhim jihatlariga qaratilgan.

Forumga sanoat hamkorligining milliy va mintaqaviy tamoyillari masalalariga bag‘ishlangan Yalpi sessiya start beradi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning tog‘-kon sektorida kooperatsiya va eksportni yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlari hamda sanoatni jadal rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy va davlat chora-tadbirlarini muhokama qiladilar.

«Muhim minerallar» ekspert sessiyasi energiya almashinuv mavzularini va bu jarayonda muhim resurslarning rolini ko‘taradi. O‘zbekiston salohiyati, xalqaro tajriba va xavflarni boshqarishga alohida e’tibor qaratiladi.

Tog‘-kon sanoatidagi ayollarning roliga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib ushbu mavzuga maxsus sessiya bag‘ishlangan. Kunning ikkinchi yarmida «Women in Mining» muhokamasi bo‘lib o‘tadi, unda ayollar yetakchilari ayollarning sanoatga qo‘shgan hissasi, gender tengligini yaxshilash tashabbuslari va uning kompaniyalar samaradorligiga ta’sirini muhokama qiladilar.

Birinchi kunning yakuniy sessiyalari tog‘-kon sanoatining ilg‘or texnologiyalariga bag‘ishlanadi. «Aqlli tog‘ texnikasi» sessiyasida avtomatlashtirish, robotlashtirish va energiya tejmkorligining zamonaviy yechimlari muhokama qilinadi. Oxirgi panelda ekspertlar korxonalarni raqamlashtirish va bu biznesning barqarorligi va samaradorligini oshirishga qanday hissa qo‘shishi haqida so‘zlashadi.

UIMF 2024 forumining ikkinchi kuni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxonalarni raqamlashtirish, ilmiy innovatsiyalar va uzoq muddatli investitsion loyihalar muhokama qilinadigan «Barqaror rivojlanishning ustuvor trayektoriyalari» KMK yetakchilarining texnologik sessiyasi bilan boshlanadi. Spikerlar orasida Navoiy va Olmaliq KMK ekspertlari, shuningdek Terralink va GEOVIA vakillari bor.

So‘ng ESG sessiyasi bo‘lib o‘tadi, u ishlab chiqarish xavfsizligi, ijtimoiy xavflarni integratsiyalash va kadrlar dasturlariga bag‘ishlangan. Keyinchalik Navoiyuran, Navoiy KMK, Jahon banki va boshqa kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida kon sanoatida geoaxborot texnologiyalari va suvdan foydalanish bo‘yicha texnik sessiya bo‘lib o‘tadi.

UIMF 2024 forumi uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonning tog‘-kon va metallurgiya sanoati kelajagiga ta’sir ko‘rsatadigan eng yangi texnologiyalar va rivojlanish strategiyalarini muhokama qilish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.

Rasmiy ko‘mak: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Homiylar va hamkorlar:

Tashkilotchi: Congresses of Central Asia – CCA kompaniyasi

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun CCA matbuot xizmatiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Tel: + (998 71) 237 15 54, E-mail: uimf@cca.uz, www.uimf.uz