8-O’ZBEKISTON XALQARO KON-METALLURGIYA FORUMI – UIMF 2026

27 - 28 oktabr 2026, O’zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

UIMF 2026

Homiylar va hamkorlar haqida batafsil

Worley

Worley

«WorleyParsons Uzbekistan Engineering» QK MChJ Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-martdagi 95-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Worley tomonidan taqdim etilgan ekspertiza va hukumatning tashkiliy ko‘magi tufayli kompaniya oldiga O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga muhandislik sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda mahalliy salohiyatni rivojlantirishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yilgan.

Worley dunyoning ko‘plab yetakchi resurs ishlab chiqaruvchilarining hamkori hisoblanadi. Biz mijozlarimiz bilan ularning loyihalarini baholash, aniqlash va amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilamiz. Sohaviy yechimlarimiz noldan boshlanadigan yangi loyihalar doirasidan chiqib, mijozlarimizning kapital qo‘yilmalar dasturlarini loyihani ishlab chiqishning butun jarayonida qo‘llab-quvvatlaydi.