O’ZBEKISTON XALQARO KON-METALLURGIYA FORUMI – UIMF 2025

28 - 29 oktabr 2025, O’zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

AGMK 2025-yil iyul oyida yangi misni qayta ishlash zavodining birinchi bosqichini ishga tushiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) 2025-yil iyulida uchinchi misni qayta ishlash zavodining birinchi navbatini ishga tushirish niyatida.

Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2025-yilning mayigacha 65 million tonna rudani tashish quvvatiga ega bo‘lgan tsiklik-oqimli texnologiya tizimini yaratish bo‘yicha barcha qurilish-montaj ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.

Iyun oyida yangi zavodni ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan asosiy texnologik jihozlarni yetkazib berish, o‘rnatish va yig‘ish ishlari yakunlanadi.

Uchinchi misni qayta ishlash zavodining birinchi navbati 2025-yil iyul oyida ishga tushiriladi. Zavod yiliga 60 million tonnagacha rudani qayta ishlaydi.

Buning hisobiga Olmaliqdagi rudani qayta ishlash zavodining quvvati hozirgi 40 million tonnadan 100 million tonnaga oshadi.

Loyiha AGMKning o‘z mablag‘lari va xorijiy banklarning kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. Keng miqyosdagi konni modernizatsiya qilish dasturining umumiy qiymati 4,8 milliard dollarga baholanmoqda, barcha ishlarni 2026 yilga yakunlash rejalashtirilgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-misni qayta ishlash zavodi qurilishi 2024-yil oktabr oyida boshlangan edi.