O’ZBEKISTON XALQARO KON-METALLURGIYA FORUMI – UIMF 2025

28 - 29 oktabr 2025, O’zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O`zbekiston mis eksportidan 232 million dollardan ortiq daromad oldi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 2024 yilning besh oyida jami 232 471 000 AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilindi, prognoz ko'rsatkichi 107 foizga bajarildi.

Xorijiy iste'molchilarga 20 069 tonna mis, 11 211 tonna rux, 310 tonna molibden mahsulotlari, 8 386 tonna qo'rg'oshin konsentrati yetkazib berildi.

Bundan tashqari, reniy, kadmiy, mis sulfat, palladiy kukuni eksporti bo'yicha prognoz ko'rsatkichlari bajarildi.

Bugungi kunda AGMK mahsulotlarni dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilmoqda. Eksport geografiyasi har yili kengayib bormoqda. Xususan, 2023 yilda mis simli arqon va mis sulfat eksportining yangi bozorlari o'zlashtirildi-bular Amerika Qo'shma Shtatlari, Meksika va Finlyandiya.