Yangiliklar
O‘zbekiston va Turkiya geologiya va yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Konchilik sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Rahim Yusupov Turkiyaning Foydali qazilmalarni tadqiq etish va razvedka qilish bosh boshqarmasi (MTA) direktor o‘rinbosari Ramazon Sari boshchiligidagi delegatsiya hamda vazirlikning mas’ul vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘rtasida ko‘p yillardan beri samarali va konstruktiv hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi qayd etilib, ushbu munosabatlarni izchil rivojlantirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda geologiya va konchilik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini muhokama qildilar. Ayniqsa, "E-auksion" elektron platformasi orqali tadbirkorlar va investorlar uchun shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida taklif etilayotgan istiqbolli yangi maydonlarga alohida e’tibor qaratildi.
Manba