Matbuot relizlar
UIMF 2026: Resurslardan global imkoniyatlar sari

“8-O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi — UIMF 2026” 2026-yil 27–28-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning “Kongress-xoll” zalida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O‘zbekiston metallurgiya uyushmasining an’anaviy qo’llab-quvvatlashida bo‘lib o‘tadi.
Forum tashkilotchilari: Congresses of Central Asia - CCA kompaniyasi va uning hamkori Iteca Exhibitions.
Tog‘-kon va metallurgiya sanoati o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan, texnologik jihatdan murakkab jarayonlarning keng majmuasini qamrab oladi. Uning asosiy yo‘nalishlari qatoriga geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashning maqbul usullarini ishlab chiqish, shuningdek, tayyor mahsulot sifatining amaldagi standartlarga muvofiqligini nazorat qilish kiradi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, bugungi kunda butun tarmoqning rivojlanishi ko‘p jihatdan resurslarga bog‘liq. O‘zbekiston oltin, kumush va bir qator kritik ahamiyatga ega muhim minerallar zaxiralarini o‘z ichiga olgan salmoqli mineral-xomashyo salohiyatiga ega. Tarmoqning asosiy vazifalari qatoriga ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, raqamli transformatsiyani amalga oshirish va investitsiyalarni jalb etish kiradi. Ushbu vazifalarni hal etish nafaqat texnologik yechimlarni, balki tajriba almashish, professional muloqotni rivojlantirish hamda davlat, biznes va ekspertlar hamjamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni ham talab etadi.
UIMF ekspertlar muloqoti, shuningdek, tarmoqni rivojlantirish strategiyalari va tendensiyalarini muhokama qilish uchun samarali platforma sifatida haqli ravishda e’tirof etiladi. Forum har yili tog‘-kon va metallurgiya sohasi vakillarida katta qiziqish uyg‘otadi. Joriy yilda forumning asosiy mavzusi — «Resurslardan global imkoniyatlar sari». Tabiiy resurslar sanoatni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Xomashyo salohiyatidan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish tarmoqning raqobatbardoshligini oshirishga hamda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.
Forum ishida AQSh, Avstraliya, BAA, Belgiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Kanada, Xitoy, Niderlandiya, Ozarbayjon, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Yaponiya va O‘zbekiston kabi 19 ta mamlakatdan 40 nafar spiker va moderator, 500 nafardan ortiq delegat ishtirok etadi.
Forumning bosh hamkori — «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ — O‘zbekistonda kritik minerallar va texnologik metallar sanoatini rivojlantirayotgan integratsiyalashgan sanoat kompaniyasidir.
Forum dasturidan 7 ta sessiya o‘rin olgan bo‘lib, asosiy mavzular qatoriga kritik minerallarning strategik roli, tog‘-kon va metallurgiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi modellari, Mining 5.0 avtonom qazib olish tizimlari, geologiya-qidiruv ishlarida sun’iy intellektdan foydalanish, chuqur joylashgan konlarni o‘zlashtirish texnologiyalari, yangi avlod metallurgiyasi hamda sanoatda energiya samaradorligini oshirish masalalari kiradi.
Forumning biznes dasturi Markaziy Osiyo resurs iqtisodiyotining kelajagi, kritik minerallar sohasini rivojlantirish, xalqaro investitsiyalarni jalb etish hamda tog‘-kon va metallurgiya korxonalarini texnologik modernizatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan strategik muhokamalarni birlashtiradi.
Ishtirokchilar diqqati markazida — xomashyo qazib olishdan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish va qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirishga o‘tish, O‘zbekistonning sanoat salohiyatini rivojlantirish hamda mintaqaning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash masalalari.
Dasturda kritik minerallar va kelajak metallari muhokamasi alohida o‘rin egallaydi. Ushbu resurslar yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishda strategik ahamiyatga egadir. Ishtirokchilar resurs bazasini kengaytirish, qayta ishlashning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish hamda xalqaro sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar.
Dasturning alohida bo‘limi kon-metallurgiya majmuasiga kapital jalb etish, yashil moliyalashtirishni rivojlantirish hamda yirik sanoat loyihalari uchun yangi investitsiya modellarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlanadi.
Muhokamalarda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, O‘zbekiston metallurgiya uyushmasi, yetakchi sanoat korxonalari, xalqaro tarmoq tashkilotlari hamda texnologik kompaniyalar vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Dastur spikerlari qatorida vazirning birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova, vazir o‘rinbosari Ural Yusupov, Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Daggan, Xalqaro litiy uyushmasi vakili Astrid Karamira, shuningdek, S&P Global Energy, Worley, KfW IPEX-Bank, ORICA, McKinsey & Company, Deloitte va RJLL Drilling kompaniyalari ekspertlari o‘rin olgan.
Global bozorlar transformatsiyasi sharoitida UIMF 2026 tarmoqning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, texnologik hamkorlikni rivojlantirish hamda kelajakda O‘zbekiston tog‘-kon sanoatining raqobatbardoshligini belgilab beradigan yechimlarni izlash uchun muhim platformaga aylanmoqda.
Rasmiy qo‘llab-quvvatlash:

Forum hamkorlari:

Tashkilotchi: Congresses of Central Asia – CCA kompaniyasi

Tashkiliy ko‘mak:

Hamkorlar:

Rasmiy aviatashuvchi:

Rasmiy transport-logistika hamkori:

Texnik hamkor:

Bosh informatsion hamkor:

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun CCA matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 237 15 54 E-mail: uimf@cca.uz www.uimf.uz